Kompaniya haqida

Yaratilishtarixi

RADIOCOM kompaniyasi 2012-yilda tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida professional va havaskor radio-uskunalarini yetkazib beruvchi yagona yirik kompaniya hisoblanadi. Kompaniyaning faoliyati, professional va havaskor mobil radioaloqa tizimlarini yetkazib berish va joriy etishga ixtisoslashgan. RADIOCOM 2012-yilda o’z biznes-loyihasini ishlab chiqdi, unga ko’ra O’zbekiston Respublikasida radioaloqa markazi tashkil etilib, u orqali butun dunyoga mashhur bo’lgan kompaniyalar taqdim etgan ratsiyalarni taqdim etish ko’zda tutilgan. Ushbu loyiha O’zbekiston Respublikasida radioaloqa bozorini rivojlantirish uchun namuna sifatida yo’lga qo’yilgan bo’lib, boshqa ko’plab loyihalar uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bir necha yillik maqsadli ish faoliyati davomida RADIOCOM radioaloqa segmentining yetakchilaridan biriga aylandi.

Bugungi kunda RADIOCOM kompaniyasi foydalanuvchilarning faoliyatini tashkil etishda yuqori samaradorlikni ta’minlash maqsadida radioaloqa vositalariga asoslangan keng ko’lamli yechimlarni taklif etadi. Kompaniya mijozlari orasida hukumat, jamoat xavfsizligi, kommunal va transport kompaniyalari, tog’-kon kompaniyalari, mehmonxona-ko’ngilochar tashkilotlar, ishlab chiqarish va savdo, professional va havaskor radioaloqadan foydalanadi. RADIOCOM tomonidan taqdim etilgan MOTOROLA va VERTEX STANDARD brendlari ostida sotiladigan barcha radio uskunalar Yaponiya, Xitoy, Malayziya va Vetnamda joylashgan xususiy zavodlarda ishlab chiqariladi, bu esa o’z o’rnida, taqdim etilayotgan mahsulot sifatiga nisbatan ishonch belgisi mavjudligini anglatadi.

RADIOCOM hech bir istisnosiz, har bir mahsulotini O’zbekiston Respublikasi Standartlashtirish davlat agentligi orqali sertifikatlaydi, Radiochastotalar bo’yicha davlat komissiyasi va O’zbekiston Respublikasi Elektromagnit moslik markazi bilan faol hamkorlik qiladi. RADIOCOM xaridorlarga ilg’or texnologik yechimlarni taklif qilish uchun doimo eng yaxshi usullarni qidiradi va ilg’or texnologiyalarga asoslangan holda innovatsion mahsulotlarni O’zbekiston bozoriga muntazam yetkazib beradi. Hozirgi vaqtda, RADIOCOM kompaniyasining yetakchi mutaxassislar jamoasi, O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida sotiladigan havaskor radiochastotalar bo’yicha ishlaydigan yuqori sifatli, sertifikatlangan radiostansiyalarni yetkazib berish va sotish ishlarini yo’lga qo’yishgan. Respublika bo’ylab tijorat tashkilotlari va jamoat xavfsizligi agentliklari xodimlarini yuqori sifatli aloqa bilan ta’minlash zarur bo’lgan paytda RADIOCOM yangiliklariga nisbatan ehtiyoj tobora ortmoqda. Vatanimizning barcha burchaklaridagi 100 mingdan ortiq tijorat tashkilotlari va jamoat xavfsizligi xizmatlari biz taqdim etayotgan radioaloqa vositalaridan foydalanib kelishmoqda.

Kompaniyamiz mijozlari, radioaloqa sohasidagi ko’p yillik tajribamizga va biz ko’rsatayotgan xizmatlar va yechimlarga nisbatan ulkan ishonch bildirib kelishmoqda. Mijozlar bilan ishlash davomida, mahsulotlarimizni har bir sohada qo’llash tajribasini o’rganish orqali, mijozlarimizga xizmat ko’rsatish sifatini kun sayin yaxshilab borishimizga imkon beradi. Ushbu sohaning yetakchisi sifatida, yillar davomida to’plangan tajribamizdan foydalanib, biz har xil ekstremal sharoitlarda ham ishlay oladigan radio-uskunalarini taklif qilishga harakat qilamiz. RADIOCOM aloqani tashkil etishning yuqori samaradorligini ta’minlash maqsadida, aloqa ta’minotiga asoslangan keng qamrovli yechimlarni taklif qiladi. Bizning keng turdagi mahsulotlarimiz assortimenti ichida, har qanday sohada o’z vazifangizni samarali bajara olishingiz uchun zarur bo’lgan ko’plab tovarlarni topishingiz mumkin. Mijozlarga eng yangi texnologik yechimlarni taqdim etgan holda, RADIOCOM har vaqt va har joyda ilg’or texnologiyalarga asoslanuvchi eng yaxshi innovatsion radiotexnika uskunalarini joriy etadi.

Rivojlanish va Yutuqlar

2012-yil – Motorola kompaniyasining mahsulotlarini O’zbekiston Respublikasi hududida tadbiq etish ruxsatiga ega va Motorola radiostansiyalarining to’rtta modelini taqdim etuvchi RADIOCOM kompaniyasi tashkil etildi.

2013-yil — RADIOCOM tarkibini yana uchta yangi radiostansiyalar modeli bilan kengaytirdi va O’zbekiston Respublikasi hududida radioaloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi Top-uchta kompaniyalar qatoriga kirdi.

Shu yilning o’zidayoq, RADIOCOM kompaniyasi konsortsium uchun quyidagi kompaniyalarning eksklyuziv yetkazib beruvchisiga aylandi: «Uz-Kor Gas Chemical» MChJ QK, ENTER Engineering Co Ltd. MT, ERIELL GmbH, HYUNDAI Engineering Co. Ltd. MT, SAMSUNG Engineering Constuction Co. Ltd. MT.

2014-yil – RADIOCOM kompaniyasi, radiostansiyalarning model assortimentini to’ldiradi va VERTEX STANDARD kompaniyasining mahsulotlarini O’zbekiston Respublikasi hududida tadbiq etish ruxsatini oladi va VX241 modeli va ularning ko’plab aksessuarlarni yetkazib berish faoliyatini boshlaydi.

2015-yil – O’zbekiston Respublikasi Elektromagnit moslik markazi tomonidan e’lon qilingan hisobotda, respublikada radioaloqa bozorining eng katta ulushi RADIOCOM kompaniyasiga tegishli ekanligi va kompaniya O’zbekistonda haqli ravishda 1-o’rinni egallashi qayd etilgan. PMR 446-446,1 MGts diapazonida ishlaydigan va ko’p taqdim etilgan ratsiya modellari sotuvini amalga oshirgan.

2016-yil – RADIOCOM doimiy ravishda o’z ustida ishlab, texnologik ustunlik imkoniyatlarini yaxshilagan holda, O’zbekiston Respublikasining radioaloqa bozorida o’z mavqeini mustahkamlab kelmoqda. Bu esa butun O’zbekiston bo’ylab foydalanuvchilarga eng zamonaviy mahsulotlar va yechimlarni yetkazib berish qobiliyatiga sazovorligini ko’rsatadi. Xuddi shu yili, RADIOCOM ko’p yillar davomida inspeksiya tizimlari va professional metall detektorlari sohasida yetakchi bo’lgan FISHER LAB manfaatlarini himoya qilish huquqini ham qo’lga kiritadi.

Mijozlarimizning qiziqishlari – bizning maqsadimizdir

Kompaniyamiz mahsulotlari o’zida yuqori sifat va maqbul narxlarni birlashtirishga muvaffaq bo’ldi. Bizning fikrimizcha, radioaloqa texnologiyalarini rivojlantirish jarayoni, birinchi navbatda, insonlar, biznes, davlat organlari va jamiyat manfaati uchun amalga oshirilishi kerak. RADIOCOM professional va havaskor radioaloqa yangiliklarining tadbiqchisi sifatida, tashkilotlarning samaradorligini oshiruvchi mahsulotlarni, shuningdek, har xil vaziyatlarda ishonishingiz mumkin bo’lgan aloqa yechimlarini yetkazib berishga tayyor. Sotuvdagi mahsulotlarimiz inson faoliyatining har qanday sohasida juda muhim va o’zgarmas atribut sifatida xizmat qiladi. Qo’lingizdagi radio aloqalarimizning barchasi kafolatli sertifikatlarga ega bo’lib, ratsiyalarimizdan foydalanishingiz davomida ularning muammosiz ishlash tizimi sizni yoqimli hayratda solishi mumkin.

ALOQA MA’LUMOTLARI:

Sotuv bo’limi rahbari: Safina Elvira
+99893 387-07-10
+99871 233-16-1
8

Sotuv bo’limi menedjeri: Kim Vadim
+99893 382-41-42

+99871 233-16-18

Sotuv bo’limi menedjeri: Abdulina Viktoriya
+99893 505-07-19
+99871 233-16-18