Xizmatlar
Ijara
PoC tizimi
Loyihalash, tarmoqlarni qurish va ishga tushirish
Kafolat va kafolatdan keyingi muddat bo’yicha xizmat ko’rsatishning xususiy vakolatli xizmat ko’rsatish markazi
Ratsiya ijarasi
Motorola ning aksessuarlar, zaxira batareyalari bilan ta’minlangan va joriy vazifalarni amalga oshirish uchun moslashtirilgan havaskor va professional turdagi ratsiyalarini ijaraga oling.
Biz yakka tartibdagi radiochastotalar asosida ishlaymiz, bu esa aloqa sifati va butun O’zbekiston Respublikasi hududida radiostansiyalardan foydalanishning qonuniyligini kafolatlaydi.
Ratsiya – bu operatsion aloqa.
Aloqa – bu tashkilotchilik va tartib.
Tashkilotchilik va tartib – bu biznesning muvaffaqiyati.
Sizning biznesingizni ishonchli aloqa bilan ta’minlaymiz!
Biz 1 kundan 5 yilgacha va undan ko’p muddatga radiostansiyalarni ijaraga berishga tayyormiz.
PoC tizimi
PoC (Push-to-Talk over Cellular) texnologiyasi standart ovozli aloqani amalga oshirish, multimediali ma’lumotlarni uzatish, tasvir, matn va video bilan ishlash imkonini beradi. PoC ga asoslangan qurilmalar umumiy GSM tarmoqlaridan foydalanadi va shu tariqa retranslyator yoki qo’shimcha tarmoqlarsiz keng qamrovli diapazonga erishiladi. Bu bilan esa mijoz infratuzilmani rivojlantirishga sarmoya kiritishi shart bo’lmaydi. PoC ning sodda va samarali xizmati, uni butun dunyoga mashhur qilgan. Bu ovozli aloqaning ishonchliligi va xavfsizligi katta ahamiyatga ega bo’lgan biznes sohalari uchun ideal yechimdir.
- Qimmatli infratuzilmani yaratishga ehtiyoj yo’qligi sababli tizim qurishning eng maqbul narxi.
- Keng qamrovliligi, mintaqalararo va xorijiy roumingni hisobga olgan holda GSM va WiFi uyali tarmog’ining qamrov hududiga teng.
- Miqyoslilik. Tizim bir necha ming abonentni qo’llab-quvvatlashga qodir.
- Qo’ng’iroqlarning yuqori tezligi: PTT tugmasini bosing va abonent qo’ng’iroqqa javob berishini kutmang.
- Birgina PTT tugmachasini bir marta bosish orqali guruh qo’ng’iroqlari amalga oshadi.
- GPS / GLONAS tufayli abonentlarni xarit bo’ylan joylashtirish imkoniyati.
Shunday qilib, PoC-ga asoslangan qurilmalar xavfsizlik va funksionallik talablariga javob beradi. Bu texnologiya turli sohalarda muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda: logistika, transport, temir yo’l, port ob’ektlari, savdo, sanoat parklari, energetika va boshqalar.
PoC ning PMRga nisbatan afzalligi
PoC tizimi an’anaviy PMR tizimiga samarali o’rindosh bo’lib, unga qo’shimcha sifatida ham xizmat qilishi mumkin. PMR bilan taqqoslaganda, PoC texnologiyasi aniq afzalliklarga ega:
- amal qilish qamrovining oshishi
- qimmatbaho infratuzilmani yaratish va saqlashga hojat yo’q;
- yuqori ishonchlilik, shu jumladan virtual operator xizmatidan foydalanish;
- Wi -Fi tarmog’idan foydalanish;
- multimediya ma’lumotlarini uzatish;
- PoC va PMR yordamida “gibrid” aloqa tarmoqlarini yaratish xususiyati.
Telefon raqamlarimiz:
+998 93 387-16-20;
+998 93 382-41-42;
+998 71 233-16-20;
Loyiha va qidiruv ishlari majmuasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- o’rnatish joyini tahlil qilish va o’rganish
- dastlabki ma’lumotlarni yig’ish
- loyiha hujjatlarini tayyorlash
- buyurtmachi tomonidan ko’rsatilgan parametrlar bo’yicha texnologik uskunalarni yig’ish
- asosiy texnik yechimlarni o’z ichiga olgan tekshirish hisobotini ishlab chiqilgan holda, texnologik uskunalar va antennalarni o’rnatish uchun ma’qul joylarni tanlash
- mijoz bilan Dalolatnomani kelishib olish
- radiochastotalarni olish uchun hujjatlarning to’liqligi va professional radiostansiyalarni o’rnatish va ishlatish uchun ruxsatnoma
Ishga tushirish ishlari to’plami quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- individual sinovlarni tayyorlash va o’tkazish
- uskunalarni kompleks sinovdan o’tkazish
- ishga tushirish jarayoniga ko’ra ishchi va ishni topshirish hujjatlarini rasmiylashtirish
Telefon raqamlarimiz:
+998 93 381-16-20;
+998 71 233-16-20;
Radioaloqa tizimlarining yuqori sifatli ta’mirlanishi va xizmat ko’rsatilishi tizimi, siz va xodimlaringiz o’rtasidagi uzluksiz aloqani ta’minlaydi. Biz infratuzilma va asosiy radio-uskunalarini kafolat va kafolatdan keyingi ta’mirlash ishlarini amalga oshiramiz. Nosozlik aniqlangan taqdirda, bizning mutaxassislarimiz uskunani diagnostika qilishadi, tahlil qilishadi va sinovdan o’tkazishadi, shundan so’ng ular imkon qadar qisqa vaqt ichida ratsiyani ta’mirlab berishadi.
Bizning afzalliklarimiz:
- Sertifikatga ega bo’lgan texnik xodimlar
- Asl ehtiyot qismlari
- Ratsiyalarni sifatli va tezkor ta’mirlash xizmati
- Sinov va diagnostika ishlari amalga oshiriluvchi eng yuqori texnologiyali
- Maqbul narxlar
Telefon raqamlarimiz:
+998 93 505-16-20;
+998 71 233-16-18;