PoC
POC tizimi
PoC (Push-to-Talk over Cellular) texnologiyasi standart ovozli aloqani amalga oshirish, multimediali ma’lumotlarni uzatish, tasvir, matn va video bilan ishlash imkonini beradi. PoC ga asoslangan qurilmalar umumiy GSM tarmoqlaridan foydalanadi va shu tariqa retranslyator yoki qo’shimcha tarmoqlarsiz keng qamrovli diapazonga erishiladi. Bu bilan esa mijoz infratuzilmani rivojlantirishga sarmoya kiritishi shart bo’lmaydi. PoC ning sodda va samarali xizmati, uni butun dunyoga mashhur qilgan. Bu ovozli aloqaning ishonchliligi va xavfsizligi katta ahamiyatga ega bo’lgan biznes sohalari uchun ideal yechimdir.
PoC ning PMRga nisbatan afzalligi
PoC tizimi an’anaviy PMR tizimiga samarali o’rindosh bo’lib, unga qo’shimcha sifatida ham xizmat qilishi mumkin. PMR bilan taqqoslaganda, PoC texnologiyasi aniq afzalliklarga ega:
qimmatbaho infratuzilmani yaratish va saqlashga hojat yo’q;
yuqori ishonchlilik, shu jumladan virtual operator xizmatidan foydalanish;
Wi -Fi tarmog’idan foydalanish;
multimediya ma’lumotlarini uzatish;
PoC va PMR yordamida “gibrid” aloqa tarmoqlarini yaratish xususiyati.
Telefon raqamlarimiz:
+998 93 387-16-20;
+998 93 382-41-42;
+998 71 233-16-20;

PoC afzalliklari
-
Qimmatli infratuzilmani yaratishga ehtiyoj yo’qligi sababli tizim qurishning eng maqbul narxi.
-
Keng qamrovliligi, mintaqalararo va xorijiy roumingni hisobga olgan holda GSM va WiFi uyali tarmog’ining qamrov hududiga teng
-
Miqyoslilik. Tizim bir necha ming abonentni qo’llab-quvvatlashga qodir
-
Qo’ng’iroqlarning yuqori tezligi: PTT tugmasini bosing va abonent qo’ng’iroqqa javob berishini kutmang
-
Birgina PTT tugmachasini bir marta bosish orqali guruh qo’ng’iroqlari amalga oshadi
-
GPS / GLONAS tufayli abonentlarni xarit bo’ylan joylashtirish imkoniyati